“Mançester Yunayted” boşqaruvi a'zosi Devid Gill jamoaning joriy mavsumdagi natijalari borasida öz fikrlarini bildirdi.

“Biz natijalar yaxşiroq bölişiga umid qilgandik. Barçamizning hafsalamiz pir bölgan. Bu mavsumda “Mançester Yunayted” umidlarni oqlay olmayapti.

Biroq men bilaman, klub egalari, Lui van Gal va uning jamoasi vaziyatni yaxşilaş uçun tinmay işlamoqda. Bu oson iş emas, biroq biz birlaşişimiz lozim. Mavsumning oqimini burişga imkon beruvçi işni qiliş kerak va umidsizlikka beriliş kerakmas.

Muxlislar noroziligi sababli jamoa nomiga ğuvullaydigan vaziyat heç kimga yoqmaydi. Biz nafaqat boşqaruvçilarmiz, balki muxlislar hammiz. Biz jamoani qöllab-quvvatlaşlarini istaymiz. Biroq fikrimça, har qanday vaziyatda vazmin qoliş kerak.

Van Gal avval ham yuqori darajada işlagan, Germaniya, Gollandiya va Ispaniyada yetakçi jamoalarni boşqargan. Men premer-liga u uçun juda murakkab musobaqa böldi, deb öylamayman. Biroq şu bilan birga Angliya çempionatida raqobat qançalik kuçliligini hamma biladi.

“Lester” qilayotgan narsa – bu fantastika. Bu jamoaning öyini premer-liganing kuçini körsatadi. Keyingi mavsumda yangi televizion şartnoma tufayli olinadigan pullar sababli raqobat yanada oşadi.

Fikrimça, premer-liganing barça 20 jamoasi Yevropadagi eng katta miqdordagi oylik maoşlari vedomostiga ega 30 klub qatorida böladi. Şu sababli jamoalardan har qaysi biri yetakçi futbolçilarni jalb qiliş imkoniga ega böladi.

Agar klublar pullarni aql bilan işlatsa, raqobat juda kuçli böladi. Köproq jamoa yuqori örinlar uçun kuraşişi mumkin böladi”, deb öz fikrlarini bildirdi Gill.