Britaniyalik musiqaçi Devid Boui tayyorlab qöygan bir qator yangi musiqa kompozitsiyalari uning ölimidan keyin çiqadigan böldi. Bu haqda The Independent naşri xabar bermoqda.
Birinçi trek 2017 yilda çiqarilişi mumkin. Naşr ma'lumotlariga köra, qöşiqlar ular yozilgan tartibda çiqmasligi mumkin.
18 yanvarda OAVda musiqaçining ölimidan ikki kun avval çiqqan, “Blackstar” nomli oxirgi albomi Rossiyaning iTunes çartlarining 1-poğonasiga kötarilib, Adelning “25” nomli plastinkasini 2-öringa tuşirib yuborgani ma'lum qilingandi.
Bastakor, xonanda va rassom Devid Boui 10 yanvarda 69 yoşini qarşilagandan ikki kun ötib vafot etgan. U yarim yil davomida jigar saratoni bilan kuraşib kelgan.
14 yanvarda Bouining jasadi Nyu-Yorkda mahfiy ravişda krematsiya qilingani ma'lum bölgandi. Musiqaçining oila a'zolari ham, yaqinlari ham bu jarayonda iştirok etişmagan.
Boui ijodi davomida 30 ga yaqin albom çiqargan va şuningdek, bir neçta filmlarda rol ijro etgan.






