Ukraina prezidenti Petro Poroşenko yaqin vaqtlar içida Xalqaro valyuta jamğarmasidan (XVJ) 1,7 milliard dollar miqdorida navbatdagi tranş olinişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda UNIAN naşri xabar tarqatgan.
"Yaqin kelajakda bizning oltin valyuta zaxiralarimiz 1,7 mlrd dollarga yetadi", degan Poroşenko.
Uning aytişiça, u va XVJ rahbari Kristin Lagard taşkilot missiyasining Ukrainaga taşrifi natijasi böyiça özaro kelişuvga erişgan.
Poroşenkoning qöşimça qilişiça, u Lagardga "Ukrainaning oğir ijtimoiy vaziyatdan çiqqanini" aytgan hamda undan pensiya yoşini kötariş böyiça talabni olib taşlaşni söragan.
Ötgan yilning kuzida Ukrainaning EFF kreditining 1,7 milliard dollarlik navbatdagi — uçinçi tranşini oliş uçun öz majburiyatlarini bajarayotganini tahlil qilgan XVJ ekspertlari özlarini qiziqtirgan savollarga aniq javob olmagani va vaziyatni qoniqarsiz baholagani xabar qilingandi.






