Rossiyalik taniqli şarhlovçi Vasiliy Utkin yangi iş izlayotgani haqida ma'lum qildi.
22 yanvar kuni «Matç TV» rahbariyati şarhlovçilar tarkibida qisqartirişlar amalga oşirişi haqida xabar berilgandi. Unga köra, bir qator yetakçi şarhlovçilar işdan ketişi, ular qatorida Vasiliy Utkin hamda Georgiy Çerdantsev nomlari ham borligi aytilgandi.
Undan oldinroq, 20 yanvar kuni Vasiliy Utkin «Matç TV» telekanalidan ketayotgani haqida ma'lum qilgandi. U 2016 yilda Rio-de-Janeyroda ötkaziladigan olimpiadaga bağişlangan «Rio jdet» körsatuvidagi iştirokini töxtatgani, işdan ketişiga YeÇLning guruh bosqiçi doirasidagi «Bayyer» va «Barselona» bahsi vaqtida uxlab qolgani sababligi haqida aytgandi.
Bugun u tvitterida quyidagi gaplarni yozgan:
"Demak, janoblar. Men yangi iş qidirişni boşladim. Rezyume: alkaş va telba. Öyinlarni şarhlamayman, faqat post yozaman"
Özbekistonlik tvitter foydalanuvçilari uni Sport TVga çaqirişni taklif qilgan.
Sport tv, Futbol şarhi körsatuviga rezyumeingizni jönating, örtoq Utkin https://t.co/9pI2BmRhqN
— Bakirovskiy (@new_bakiroo) 25 yanvarya 2016Utkin va bir qator şarhlovçilar «Matç TV» kanalining ştatdagi xodimlari röyxatidan çiqarildi






