Zamonaviy dunyoda bir turdagi mahsulotlar va xizmatlarning katta miqdorda mavjudligi tadbirkorlarning öz xizmatlarini antiqa “öramda” taklif qilişga undamoqda. Bunga Amsterdamda geymerlar uçun oçilgan mehmonxona yorqin misol böla oladi.

Dota 2, Counter Strike va boşqa kompyuter ixlosmandlari uçun bu mehmonxona xuş keladi. Arcade Hotel deb nomlangan bu mehmonxona ğoyasi muallifi va uning egasi Deniel Salmanoviç istalgan odam özini xuddi öz uyidek his qila oladigan mehmonxona yaratişga qaror qildi. Mehmonxonaning har bir xonasi televizor va öyin pristavkasi bilan jihozlangan. Arcade Hotel’da, şuningdek, portativ öyin pristavkalarining bepul prokatga berilişi yöl qöyildi, mutolaa qilişni istovçilar uçun komikslar kutubxonasi yaratildi.

Mehmonxona geymerlar uçun ixtisoslaşganiga qaramasdan, Arcade Hotel’ning xonalari öyin posterlari va öyin qahramonlarining köplab şakllaridan mustasno, ular loft uslubida bajarilgan va yetarliça yoqimli va şinam şaroitga ega.