Çagayevning menejyeri Timur Dugazayev Xasim Rahmonning Ruslan Çagayev haqida aytgan fikrlariga munosabat bildirdi.
"Professional boksning superoğir vazn toifasida sobiq jahon çempioni amerikalik Xasim Rahmon özbekistonlik Ruslan Çagayevga baho berişdan oldin özining rossiyalik Aleksandr Povetkindan qabul qilib olgan mağlubiyatini muhokama qilsa yaxşi bölardi" deydi u. Bu haqda «Olamsport» sayti xabar bergan.
Ikki kun avval Rahmon 5 mart kuni Grozniyda ötkaziladigan jangda avstraliyalik Lukas Braun Ruslan Çagayevni nokautga uçratişini aytgan edi. Bu borada u bir paytlar mutlaq jahon çempioni britaniyalik Lennoks Lyuisni nokautga uçratganini ham qöşimça qilgan edi.
«Grozniyda çempionlik kamari uçun jang ötkaziş bu Ramzan Axmatoviç Qodirovning istagi. Ruslanning özi istalgan joyda jang ötkazişga tayyor. Meni Rahmonning fikri hayron qoldirdi. U bir paytlar Lyuisni qanday mağlub etganini esga olibdi. Bu borada Povetkindan qabul qilingan mağlubiyatni ham yodga olsa yaxşi bölardi», — dedi Dugazayev.






