2016 yil 1 yanvar holatiga köra Özbekistonning lizing beruvçi kompaniyalari 5 275 lizing operatsiyalarini amalga oşirdi. Bu haqda Özbekiston moliya vazirligi operativ ma'lumotlarga asoslangan holda xabar qildi.
Aytilişiça, hisobot davrida lizing şartnomalari böyiça 722.831 mlrd sömlik mablağ ajratilgan.
Lizing beruvçilarning lizing portfeli 1 yanvar holatiga köra 34 573 dona lizing obektlari va 1.698 trln sömdan iborat.
Ayni kunlarda mamlakatda 92 lizing beruvçi kompaniyalar faoliyat yuritmoqda.






