Göyoki Apple’ning hali anons qilinmagan smartfoni aks etgan fotosurat One More Thing forumining foydalanuvçilari tomonidan çop etildi. Kompaniya manbalariga işonadigan bölsak, iPhone 5s’ning takomillaştirilgan versiyasi bölgan uskuna mart oyida rasman taqdim etiladi.
Yangi apparat suratga iPhone 5 bilan yonma-yon tuşirilgan. Dizayniga köra u köproq iPhone 6ni eslatib yuboradi – yoqiş tugmasi korpusning öng yonida joylaşgan, balandlikni boşqariş tugmalari esa uzayib, hajman biroz qisqargan.
Mutaxassislarning aytişiça, fotosuratda darhaqiqat iPhone 5se’ning oxirgi versiyasi yoxud prototiplaridan biri körsatilgan. Ötgan yillar mobaynida şu manbaning özi iPad Air 2 ekrani va iPad Air korpusining haqqoniy suratlarini çop etgan edi.
Mart oyida taqdim etilişi kutilayotgan iPhone 5se iPhone 5s bilan bir xil 4 dyuymli ekranga, iPhone 6nikiga uyğun protsessor va kameraga, iPhone 6s’dan olingan kommunikatsion çiplarga ega böladi. Uskuna, şuningdek, Apple Pay tölov tizimini qöllab-quvvatlaş uçun NFC çipi hamda Live Photos “tirilgan foto” funksiyasi bilan ta'minlanadi. Şu bilan birga, iPhone 6s’da taqdim etilgan bosiş kuçini ölçaydigan sensor uşbu gadjyetda bölmaydi.
Uskuna lineykada iPhone 5s’ning örnini egallaydi va uning narxida sotiladi.






