Panasonic kompaniya Kioto universiteti bilan birgalikda istalgan odamning yuragi holatini kontaktsiz usul bilan baholaşga imkon beruvçi qurilma yaratdi. Qurilma yaratuvçilarining aytişiça, yangi texnologiya standart elektrokardiogrammaning örnini bosişi mumkin, çunki ölçovlarning aniqligi böyiça ulardan qolişmaydi.

Yangi usulning assiy afzalligi şundaki, ölçovlarni masofadan turib ötkaziş mumkin va odamga datçiklarni ulaşning hojati yöq. Odam qurilma yangi texnologiya asosida “kundalik kuzatuvni” olib borayotgan, organizmning reaksiyalarini qayd qilayotgan bir paytda özining kundalik yumuşlari bilan şuğullanişi mumkin. Bu öz navbatida davolaşning individual sxemasini tanlaşda yordam beradi.

Yangi usul negiziga kengaytirilgan spektrning millimetrli radari texnologiyasi yotdi. Bu radar odamdan tarqayotgan signallarni kuzatib boradi. Maxsus dastur umumiy şovqindan yurak urişini ajratib oladi va olingan ma'lumotni tahlil qiladi.

Qurilmaning prototipi uzunligi 50 sm ga yaqinni taşkil qiladi, kelgusida qurilma mualliflari uning ölçamlarini kiçraytirişni rejalaştirişmoqda. Şunisi qiziqki, qurilmaning barça butlovçi qismlarini erkin savdoda topiş mumkin. Qurilma mualliflarining fikriça, yangi sensor oxirgi vaqtlarda talab ösib borayotgan turli kontaktsiz tibbiyot uskunalarida öz tatbiğini topadi.