Argentina Soğliqni saqlaş vazirligi mamlakat hududida Zika virusiga çalingan ilk odam haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Bu haqda Infobae xabar bergan.
Xabarda aytilişiça, bu xastalikka çalingan bemor asli kolumbiyalik, lekin ança vaqtdan buyon Buenos-Ayresda yaşaydigan şaxs hisoblanadi.
Bundan oldinroq, AQŞda Zika virusiga çaliniş holati qayd etilgani töğrisida xabar berilgandi.
Zika kuçli tana harorati, kon'yunktivit (köz şilliq pardasining yalliğlanişi), boş va böğinlar oğriği, yalliğlaniş jarayonlari, alohida holatlarda esa köngil behuzur bölişi va qayt qiliş, oşqozonda buziliş va oğriqlarni keltirib çiqaradi. Kasallikni asosan Aedes aegypti paşşalari tarqatadi. Ayni paytda Osiyo, Afrika, Janubiy va Şimoliy Amerika, Tinç okeani mintaqasi davlatlarida keng tarqalmoqda.






