Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qizi Ozoda Rahmonni öz devoni rahbari etib tayinladi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar qildi.
“Şu paytgaça Tojikiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimini egallab kelgan Ozoda Rahmon prezident devoni rahbari lavozimiga tayinlandi”, - deyiladi xabarnomada.

U Baxtiyor Xudoyorzodaning örnini egalladi. Xudoyorzoda, öz navbatida, parlamentga saylovlar va referendumlar böyiça markaziy komissiya rahbarligiga tavsiya qilindi.