Nissan NP300 platformasi asosida yaratilayotgan Mercedes-Benz`ning birinçi örta hajmli pikapi X-Class yoki Z-Class nomini olişi mumkin. Model yöl mavjud bölmagan hududlarda ham harakatlana olişini hisobga olgan holda nemis avtoişlab çiqaruvçisi uni X-sinf nomi bilan ataşga moyillik bildirmoqda, deya xabar berdi CarAdvice.

Pikap faqatgina dizelda harakatlanib, örta va arzon narxdagi avtomobil 2,3 litr hajmli tört silindrli motor bilan ta'minlanadi. Bunda motor quvvati 188 ot kuçiga teng. Qimmatroq namunasiga esa olti silindr, 255 ot kuçiga teng dvigatel örnatiladi.
Mercedes-Benz pikapining old va orqa ğildiraklari birdek yoki alohida “tortişi” mumkin.

Mazkur avtomobilni yaratiş ustidagi işlar 2015 yilning martida boşlangan edi. Aprel oyida avtoişlab çiqaruvçi modelning Nissan NP300 platformasida bunyod etilişini ma'lum qildi. Yangi nemis markasi 2020 yilda savdoga çiqariladi.