“Yurtimizda bugungi bunyodkorlik işlarimizda faol qatnaşayotgan, davlatimiz siyosatini qöllab-quvvatlayotgan, har ibodatida Vatanimiz tinçligi, xalqimiz omonligini Yaratgandan iltijo qilib yaşaydigan millionlab sof niyatli musulmonlar bor. Ularning öz diniy ehtiyojlarini bundan buyon ham emin-erkin ado etişlari uçun heç qanday mone'lik qilinmaydi. Men bunga aslo yöl qöymayman”.

Islom Karimov

Mahalla azaldan tarbiya, ma'rifat va ma'naviyat öçoği, milliy qadriyatlar hamda xalqimizning turmuş tarzini şakllantiruvçi maskan sifatida e'tirof etib kelinadi. Darhaqiqat, saxovatpeşa xalqimiz topganini el-yurt oldiga qöysam deydi, şundan zavqlanadi. Şuningdek, xalqimizning har bir yaxşi va yomon kuni mahallasiz va masjid imomlarisiz ötmaydi.

Afsuski, xalqimizning ana şunday urf-odatidan öz manfaati yölida foydalanadigan ğarazli kimsalar – qöştirnoq içidagi mullalar hamon topiladi. Baloi nafs yölida heç narsadan qaytmaydigan diniy bilimi sayoz, turli ixtiloflarga sababçi böladigan bu kimsalar xususida bir öylab körsak yomon bölmas edi.

Bu borada A.Tulepovning “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bölurmi!” nomli maqolasidan iqtibos keltiramiz.

“Hozirgi kunda joylarda, ayniqsa, çekka hududlarda odamlar orasida “mulla” yoki “domla” deb tanilgan çalasavod kimsalar zimdan faoliyat olib borayotgani kuzatilmoqda. Masalani çuqurroq örganib, tahlil qilsak, bu işlar juda xato, zararli ekaniga amin bölamiz:

Çalasavod, ya'ni diniy va dunyoviy ilmlarni egallamagan, tegişli hujjat – şahodatnomasi yöq, özini özi “domla” deb nomlab, şar'iy hukumlarni bilmagan, hatto oddiy şar'iy masalalarni ham anglamaydigan hamda tafsir, xadis, fiqhdan xabarsiz kişi qanday qilib namoz, röza, zakot, nikoh va taloq kabi nozik masalalar xususida söz yuritişi yoxud fatvo berişi mumkin? Bu narsalar aqlga siğmaydigan işdir.

Albatta, bunday çalasavod kişilar, avval turli joylarda işlagan, endi uzun soqol qöyib, salla-çopon bilan, bir-ikki oyat yoki hadisni yodlab özlariça donolik qiladigan, özini “ulamo” yoki “mulla” deb ataydigan kimsalar imomlik vazifasi qançalik qiyin va mas'uliyatli ekanini his qilmaydilar”.

Xalqimiz bunday şaroitda har qaçongidan ham huşyor bölişi, mehrob va minbarning haqiqiy egalari imom-xatiblarimizga ergaşişi, aksinça çalasavod mullalardan uzoq bölişi zarur.

Quyidagi bir jinoyatning qisqaça şarhi yuqoridagi fikrimiz dalilidir.