Havaskor ixtiroçilar Jyey Fletlend va Pol Rouz tomonidan yaratilgan robot kubik Rubikni yiğiş böyiça yangi jahon rekordini örnatdi. Uşbu natija hali Ginness rekordlar kitobi xodimlari tomonidan qayd qilinmagan bölsa-da, Youtube portalida joylaştirilgan rolikda muhrlangan.
Qölbola maşinaga kubik Rubikni yiğiş uçun bor-yöği 1.019 soniya kerak böldi. Robot ranglarni kuzatuvçi 4 ta web-kamera, bir neçta dvigatel, kubikni uşlab turuvçi va kerakli kvadratlarni aylantiruvçi 3D-printerda bosilgan detallar hamda kompyuterdan taşkil topgan. Maxsus dastur kameradan olinuvçi tasvirlarni qayta işlaydi va robot uning buyruqlari asosida eng kam miqdordagi harakatlar ketma-ketligini bajarib, uni yiğadi.
Bu boradagi avvalgi rekord 3,253 soniyani taşkil qilgandi.






