Lada Vesta avtomobili kraş-testi paytida zarbadan keyin old oynasi butun qolgan birinçi maşina böldi. Bundan taşqari, sinov paytida ERA-GLONASS tizimi işga tuşdi.

Passiv xavfsizlikni baholaş böyiça ARCAP dasturi doirasida Dmitrov avtopoligonida “Avtorevyu” naşri buyurtmasiga köra “Komfort” komplektatsiyadagi Lada Vesta avtomobilining birinçi mustaqil kraş-testi ötkazildi. Maşina haydovçi ötiradigan tomoni bilan 64 km/soat tezlikda deformatsiyalanadigan tösiqqa urildi.

Sinovning rasmiy ma'lumotlari keyinroq çop etiladi, biroq naşr mutaxassislarining aytişiça, AvtoVAZ vakillari köz bilan çamalab, natijalarning kutilgandek bölganini qayd qilişdi. Umuman olganda, Vesta zarbadan keyin old oynasi butun qolgan birinçi avtomobil böldi. Bundan taşqari, sinov paytida ERA-GLONASS tizimi işga tuşdi: zarbadan 10 soniyadan keyin koll-sentrdan yordam beriş taklifi va avtomobilning aniq joylaşgan örni haqidagi sörov keldi.