Carscoops naşri ixtiyoriga yangilangan Mercedes-Benz S-Class sedanining yangi suratlari kelib tuşdi. Sinov prototipida maxsus datçiklar va kameralarni yaşiriş maqsadida radiator panjarasi berkitilganidan körinişiça, maşina yangilangandan keyin takomillaşgan avtonom haydaş tizimi bilan jihozlanadi.

Ehtimol, yangilangan S-Class modeli joriy yilning boşida namoyiş qilingan yangi avloddagi E-Class modelining Drive Pilot tizimi bilan jihozlanadi. Hozirgi S-Class’ga örnatiladigan adaptiv kruiz-kontrol Distronic Plus’dan farqli, yangi tizim avtomobilni 30 km/soat tezlikkaça emas, balki soatiga 210 km tezlikkaça tezlaştira va sekinlaştira oladi.

Distronic Plus tezlikni oşiriş holatida haydovçidan 10-15 soniyadan keyin qöllarini rulga qaytarişni söraydi. Drive Pilot esa yöldagi şaroitlardan kelib çiqib bu haqda 60 soniyadan keyin signal beradi. Bundan taşqari, adaptiv kruiz-kontrolning yangi versiyasi yöldagi çiziqlarning yomon körinişi holatida ham qöşni oqimdagi maşinalarni “köradigan” datçiklariga evaziga 130 km/soatgaça tezlikda işlaydi.

Yangilangan S-Class özgaça boş yoruğlik faralari bilan ta'minlanadi. Modellarda keyingi avloddagi Multibeam “aqlli” faralari ham qöllanişi mumkin. Ular, misol uçun, yöl çetidagi odamlar va hayvonlarni taniy oladi va ularga avtomatik ravişda yoruğlik tuşiradi. Bundan taşqari, maşina salonida kattalaştirilgan raqamli displey hamda körinişi özgartirilgan rul çambari paydo böladi.

Mercedes-Benz S-Class’ning yangi versiyasi 2017 yilda namoyiş qilinişi taxkin qilinmoqda.