2016 yilning 28 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasida amaliy taşrif bilan bölib turgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Pekin şahrida Şanxay hamkorlik taşkiloti Boş kotibi Raşid Alimov bilan uçraşdi. Bu haqda taşqi işlar vazirligi rasmiy saytida ma'lum qilingan.

"Vazir R.Alimovni boş kotib lavozimini bajarişga kirişganligi bilan tabriklab, Taşkilot doirasida a'zo davlatlar hamkorligini yanada rivojlantirişda ŞHT kotibiyatining muhim rol öynaşini ta'kidladi.

Boş kotib Özbekiston raisligi ostida ŞHT Xartiyasi va boşqa asosiy hujjatlarda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oşiriş borasidagi izçil tadbirlarni yuqori baholadi.

Suhbat davomida 2016 yil iyun oyida Toşkent şahrida ŞHT davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisini va joriy yildagi boşqa asosiy tadbirlarni ötkazişga tayyorgarlik jarayoni amaliy jihatdan muhokama qilindi", deyiladi xabarda.