Gollivudlik aktrisa Riz Uizerspun yuz körinişi unikiga öxşaş muşukni topganini ma'lum qildi. U bu muşukni instagramda namoyiş qildi hamda unga “Internetni yoqtiraman. Men özim bilan öxşaşlikni körayapman. Sizçi?” deya muşuk bilan öxşaşligini ta'kidlagan holda izoh qoldirdi.

“E! Online” naşrining ma'lum qilişiça, aktrisaning “nusxasi” ragamaffin zotidagi muşuk bölib, uning laqabi Şarlotta hamda u “Uilyam va Çarli” muşuklar duetining iştirokçisi hisoblanadi.

Naşrning ta'kidlaşiça, 2016 yil maşhur insonlarga öxşaş muşuksimonlar vakillarining yili bölmoqda. Hammasi “Yulduzlar janglari”ning yangi qismida boş yovuzning rolini ijro etgan aktyor Adam Drayverdan boşlangan. Unga öxşaş muşuk internet yulduziga aylangandi. Bu muşukning quloği va burni Drayvernikiga öxşaş deb hisoblanadi.