Keça Transparency International xalqaro nodavlat taşkilotining 2015 yil uçun Corruption Perceptions Index korrupsiya reytingini e'lon qilgan edi. Nufuzli The Washington Post gazetasi jurnalisti nafaqat reytingni, balki uni tuzişda qöllanilgan metodlarni ham şubha ostiga oldi.
Transparency International yil davomida 168 davlatni örganib, natijalarni 100 ballik şkalada aks ettiradi. Töplangan balliga köra davlatlardan reyting tuziladi. Natijalar deyarli har yili özgarişsiz qoladi: kiçik şimoliy demokratiyalar ğalaba qozonadi. Ikki yildan buyon reytingda birinçilik Daniyaga tegişli bölib qolmoqda (91 ball). Birinçi önlikka, şuningdek, Finlyandiya (90), Şvetsiya (89), Yangi Zelandiya (88), Niderlandiya (87), Norvegiya (87), Şveytsariya (86), Singapur (85), Kanada (83) va Germaniya (81) kirdi. Oxirgi örinni Şimoliy Koreya va Somali bölişib oldi (8 balldan).
Eslatib ötamiz, Özbekiston uşbu indeksda örnini biroz yaxşilab, 19 ball töpladi (ötgan yilgi körsatkiç – 18 ball), 168 davlat içida 153-örinni egalladi (2014 yilgi körsatkiç – 175 davlat içida 166-örin).
Sobiq Ittifoqning boşqa davlatlari quyidagiça natijalar körsatdi: Estoniya — 23-örin (70 ball), Litva — 32 (61), Latviya — 40 (55), Gruziya — 48 (52), Armaniston — 95 (35), Moldova — 103 (33), Belarus — 107 (32), Ozarbayjon va Rossiya — 119 (29), Qozoğiston va Qirğiziston — 123 (28), Ukraina — 130 (27), Tojikiston — 136 (26), Turkmaniston — 154 (18).
Transparency International reytingida qiziq ayrim jihatlar bölib, Washington Post tahlilçisi şularga e'tibor qaratdi. Masalan, Xitoydagi özgarişlar. 2014 yilga nisbatan XXRning bahosi 1 ballga ösib, u 36dan 37ga kötarildi. Global reytingda esa u bir yöla 17 öringa kötarilib, 83dan 100ga yetdi. Bu dunyoda 250 davlat borligi, Transparency International reytingida ularning 82tasi iştirok etmasligi bilan tuşuntiriladi.
2015 yilgi reytingdan çiqarilgan köplab davlatlar qatorida Karib havzasidagi 7 davlat ham bor. Xitoyning muvaffaqiyati ham şu bilan tuşuntiriladi: u şunçaki çiqib ketganlar hisobidan kötarilgan. Si Tszinpinning aksilkorruptsion kampaniyasi yaxşi ma'lum: u tufayli hatto Yevropada ham lyuks toifasidagi tovarlarga bölgan ehtiyoj pasaydi. Ammo u 2013 yilda işga tuşirilgan bölib, şundan buyon Xitoyda radikal özgariş bölmadi.
Bundan taşqari, Transparency International statistikasi faqat davlat sektorini inobatga oladi, xususiy sektor esa çetda qolib ketadi. Ya'ni LIBOR bilan boğliq janjal Buyuk Britaniyaning bahosiga mutlaqo ta'sir qilmadi. Öz navbatida, Volkswagen bilan boğliq voqealar ham Germaniyaga ta'sir ötkazmadi. Aslida esa ikki voqea ham tilga olingan davlatlar nufuziga ta'sir körsatdi, lekin buni inobatga oladigan mexanizmlar Transparency International statistikasida yöq.






