Ispaniya Kubogining çorak finalida «Barselona» klubi «Atletik»ni mağlubiyatga uçratib, yarim final yöllanmasini qölga kiritdi.

Uçraşuvda dastlab «Atletik» futbolçisi Inyaki Uilyams hisobni oçdi.

Ikkinçi bölimda «Barselona»tarkibida Suares, Pike va Neymar javob töplarini urişdi.

Tomonlarning birinçi uçraşuvi kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi va endi «Barselona» yarim finalda öynaydigan böldi.

Yana bir çorak finali uçraşuvida «Atletiko» «Selta»ni qabul qildi. Bu uçraşuv kutilmaganda mezbonlarning 2:3 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlandi. Birinçi uçraşuvda 0:0 hisobidagi durang qayd etilgandi va endi yarim finalda «Selta» «Barselona»ga qarşi öynaydigan böldi.

Çorak final bosqiçi doirasidagi yana ikkita uçraşuv 28 yanvarga belgilangan. Bugun «Mirandes» «Sevilya»ni (birinçi öyin 0:2), «Las-Palmas» «Valensiya»ni (birinçi öyin 1:1) qabul qiladi.

Ispaniya Kubogi
1/4 final, javob öyinlari
Barselona – Atletik 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar: 0:1 – 12 Inyaki Uilyams, 1:1 – 53 Suares, 2:1 – 81 Pike, 3:1 – 90 Neymar.
Barselona – ter Stegen, Pike, Mate, Dani Alves, Vermalen (Buskets, 70), Rakitiç, Maskerano, Serdji Roberto, Neymar, Messi, Suares.
Atletik – Yago Errerin, Laport, Inigo Lekue, Balensiaga, San Xose, Eraso (Muniain, 73), Mikel Riko (Benyat, 57), Susayeta (Sabin Merino, 57), Boveda, Aduris, Inyaki Uilyams.
Ogohlantirişlar: Mikel Riko (19), Balensiaga (39), Inigo Lekue (52), Suares (70).
Hakam: Ernandes Ernandes
Birinçi öyin: 2:1

Atletiko – Selta – 2:3 (1:1)
Gollar: Ernandes, 22 (0:1). Grizmann, 29 (1:1). Gvidetti, 56 (1:2). Ernandes, 64 (1:3). Korrea, 81 (2:3).
Atletiko: Moyya, Xuanfran, Godin, Filipe Luis, Ximenes, Gabi, Koke, Niges (Oliver, 63), Ferreyra-Karrasko (Korrea, 59), Grizmann, Vetto.