Rossiyaning “AvtoVAZ” avtokonserni rahbari yangi Lada XRay avtomobili narxlarini e'lon qildi. "Gazeta.ru" konsern prezidenti Bu Anderson bilan muloqot ötkazgan.

Prezidentning aytişiça, yangi modelning narxi 589 ming rublni taşkil etadi.

Lada XRay avtomobilini işlab çiqariş 15 dekabrdan boşlandi.

Lada Xray – SUV uslubida işlangan kompakt xetçbek bölib, Lada’ning yangi Vesta’dan keyingi X-uslubida işlangan ikkinçi modeli böldi. Avtomobil Renault — Nissan alyansi bilan hamkorlik doirasida yaratilgan. Uning tarkibida 500dan ortiq original detallar bor.

Classic asos versiyasida ikkita xavfsizlik yostiqçasi, ABS tizimi, kurs barqarorligi tizimi, “ERA-GLONASS” şoşilinç ogohlantiruv qurilmasi, audiotizim va 6 karnay (dinamik) hamda markaziy qulf örnatiladi.

Avtomobil bir qança optsiyalarga ega. Haydovçi örindiğini yuqoriga-pastga rostlaş, old oyna, örindiqlar va taşqi közgularni isitiş mumkin. Haydovçi yonidagi örindiq ostida ğaladon, yukxona polida olinadigan quti, ehtiyot ğildirak içida organayzer singari yordamçi aşyolari bor.

Dastlab, 114 ot kuçiga ega 1,6 litrli agregat, fursati kelib navbatdagi rusumlarga 1,6 litrli (106 ot kuçi) va 1,8 litrli (123 ot kuçi) motorlar örnatiladi.

Bundan oldinroq, uşbu avtomobilning narxi taxminan 575-595 ming rubl bölişi, u 2016 yil fevraldan savdoga çiqarilişi aytilgandi.