Xitoyning yetakçi sanoat korxonalarining 2015 yildagi umumiy daromadi 6,4 trln yuan yoki 973 mlrd dollarga kamayib ketdi. Bu haqda Xitoy davlat statistikasi materiallariga iqtibos keltirgan holda Rambler News Service ma'lum qildi.

Daromadning kamayişiga sanoat mahsulotlariga talabning pastligi sabab bölgan. Bu kompaniyalarni işlab çiqarişni qisqartiriş va narxlarni tuşirişga majbur qilgan. Statistikaga köra, Xitoy sanoatining 29 ta sohasi yilni daromadning oşişi, 12 tasi pasayişi bilan yakunladilar. Kömir qazib oliş, neft-gaz va metallurgiya sektorlari sezilarli pasayiş namoyiş qilgan. Aksinça, qişloq xöjaligi, elektronika, töqimaçilik va neft mahsulotlari sohalarida eng katta ösiş qayd qilingan.

Bloomberg agentligi 25 yanvarda 2015 yilda Xitoydan kapitalning çiqib ketişi trillion dollarni taşkil qilganini ma'lum qilgandi. Investorlar yuan devalvatsiya bölgandan va Xitoy fond indekslari tuşib ketgandan keyin öz pullarini mamlakatdan olib çiqib ketmoqdalar.

2015 yil natijalariga köra, Xitoyning yalpi içki mahsuloti 6,9 foizga ösgan, bu mamlakat uçun oxirgi 25 yil içidagi eng past körsatkiç böldi. Xitoy Fanlar akademiyasida 2016 yilda YaIM 6,7 foizga ösişi prognoz qilinmoqda.