Joriy yilning mart oyining ikkinçi yarmida ötkazilişi kutilayotgan taqdimotda Apple kompaniyasi nafaqat 4 dyuymli ekranli iPhone 5se smartfonini, balki 9,7-dyuymli yangi planşetini namoyiş qiladi. Bu haqda 9to5mac so portali xabar bermoqda. Yangi planşet iPad Air 3 deb nomlanişi taxmin qilinmoqda.

Apple kompaniyasi iPad planşetini oxirgi marta 2014 yil oktabrida yangilagan holda iPad Air 2 planşetini namoyiş qilgandi. Şundan beri kompaniya Apple Pencil stilusiga ega katta iPad Pro va iPad mini 4 planşetlarini işlab çiqdi.
Örta formatdagi yangi iPad Air 3 planşeti taşqi körinişi borasida hoynahoy tubdan özgartirilmaydi, biroq samaradorligi ançagina oşişi kerak.

Ba'zi ma'lumotlarga köra, planşet qoronğida sifatliroq suratga oliş uçun orqa panelida vspişka hamda sifatliroq ovoz oliş uçun 4 ta dinamik bilan ta'minlanadi. Bundan taşqari, yangi planşetning sinovdan ötkazilayotgan prototiplarining ekranlari Apple Pencil stilusi bilan işlay olişi aytilmoqda.