Şvetsiyada Audi A8 modeli negizida qurilgan 6 eşikli limuzin sinovdan ötkazila boşlandi. Sinov prototipining surati Autoevolution naşrida çop etildi.
Ayni paytda yangi maşina haqida batafsil ma'lumot yöq. Körinişiça, limuzinni Audi’ning özi emas, balki limuzinlar yaratişga ixtisoslaşgan atelelardan biri tayyorlagan. Misol uçun, Şvetsiyada bunday maşinalarni Nilsson Special Vehicles, Germaniyada esa Binz yasaydi. Olti eşikli limuzinlarning uzunligi qoida böyiça 6 metrga yaqinni taşkil qiladi.
Flagman sedanining limuzinlardan taşqari boşqa variantlari ham işlab çiqilmoqda. Misol uçun, 2015 yil kuzida zirhlangan Audi A8 yaratilgan, u tarixdagi hujumlardan eng kuçli himoya qilingan maşina deb atalgan. Öt öçiriş tizimi va toza havoni beriş favqulodda tizimiga ega bu maşina konstruksiyasida alyuminiy qotişmalar, aramid va toblangan pölatdan foydalanilgan.
Şuningdek, A8’ning 605 ot kuçiga erişa oladigan, 8 silindrli biturbo dvigatelli top modifikatsiyasi ham mavjud bölib, u 100 km/soat tezlikka 3,8 soniyada erişa oladi. Bunday sedan 308 km/soat gaça tezlaşa olişi mumkin.






