Britaniyaning gadjyetlarga zeb beriş bilan şuğullanuvçi Goldgenie kompaniyasi oltin bilan qoplangan iMac va MacBooks modellarini taqdim etdi. Luxurylaunches portalining ma'lum qilişiça, har bir kompyuterga umrbodlik sifat kafolati beriladi. Narxlar 11 ming dollardan boşlanadi.

Goldgenie oltin va qimmatbaho toşlar bilan zeb berilgan noyob sovğalar tayyorlaşga ixtisoslaşgan. Firmaning mahsulotlari içida gul şaklidagi oltin töğnağiç, qimmatbaho metall bilan qoplangan haykallar va telefonlar bor. 2014 yil dekabrida 24 karat oltin bilan qoplangan velosiped yaratdi. Uning narxi 400 ming dollarni taşkil qildi.