Tojikiston ilk bor özining yangi tarixida sement eksport qilişni boşladi. 2015 yilda Afğonistonning “Şimol-Şarq” kompaniyasi tomonidan 500 tonna tojik sementi eksport qilindi. Bu haqda jurnalistlarga Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Şavkat Bobozoda ma'lum qildi.

Bobozodaning aytişiça, 2015 yilda mamlakatda 1,4 mln tonna sement işlab çiqarilgan. Xususan, umumiy sementning 77 foizi “Xuaksin Gayur Tsement” tojik-xitoy qöşma korxonasi, 16 foizi “Tojiksement” kompaniyasi, qolgani esa boşqa 6 ta korxona tomonidan işlab çiqarilgan.

Şu bilan birga, Tojikistonning sementga ehtiyoji 2 mln tonnani taşkil qilmoqda.

Bobozodaning ta'kidlaşiça, 2016 yilda sement işlab çiqaruvçi yana 3 ta korxonani foydalanişga topşiriş rejalaştirilmoqda.

Bobozodaning aytişiça, respublikada sementni asosiy eksport mahsulotlaridan biriga aylantiriş uçun barça imkoniyatlar mavjud.