Agarda siz snoubord — avvaldan yaxşi tayyorgarlik körgan professional sportçilar maşğuloti, deb öylasangiz xato qilgan bölasiz.

AQŞning Yuta ştatidagi yaşovçi Sloan 13 oyligida yurişni örgandi. Oradan bir oy ötib, ota-onasi unga snoubord hadya etişdi. Sloan otasining aytişiça, eng kiçik taxtaçani tanlaganiga qaramasdan, u qizaloğiga bir oz uzunlik qilmoqda. Şu bois oyoq kiyimlarini mustahkamlaş uçun örnatilgan uyaçalarni oyoqçalari bir-biriga yaqinroq bölişi uçun qayta örnatişga töğri keldi.

Albatta, Sloan hozirça burilişlarni mustaqil tarzda amalga oşira olmaydi. Biroq boşqa xavaskorlardan farqli ölaroq, snoubordda muvozanatni saqlagan holda özini dadil tutmoqda.