“Darakçi” gazetasi özbek şou-biznesi yulduzlarining Instagram tarmoği orqali çiqişlar qilib, muxlislar orttirib ulgurgan farzandlarining mitti reytingini e'lon qildi.

Birinçi örinni Şahzodaning kenja öğli Xolid egalladi. Xonanda deyarli har kuni öğlining suratini joylaştirib, unga ta'rif berib boradi. Xolid bugun nafaqat oilasining erkatoyiga, balki Şahzoda muxlislarining ham yoqimtoyiga aylangan. Xolidning reklama roliklaridagi iştiroki unga yanada kattaroq şuhrat olib keldi.

Ikkinçi örinda Özbekistonda xizmat körsatgan artist Rayhon Ğaniyevaning egizaklari – Islom va Imron egallab turibdi. Xonanda bir yoşgaça öğillarining suratlarini muxlislarga körsatmadi. Ammo hozir xonanda har bayram va dam oliş kunlarida vaqtini farzandlari bilan qay tarzda ötkazayotganini suratlari bilan “sözlab” beradi.

Uçinçi örin esa xonanda Nilufar Usmonovaga nasib etdi. Xonandaning uç öğlining suratlari ijtimoiy tarmoqda köp bölib, ularni virtual olamda köpçilik taniydi. Hatto Saida'zamxon, Ibrohimjon, Sulaymonxonlarni ismi bilan biladigan muxlislar kam emas. Bu esa xonanda bolalarining suratlarini muntazam ravişda ijtimoiy tarmoqdagi öz sahifasida joylaştirib borgani natijasidir.






