Nissan kompaniyasi 2016 yilda özining yengil avtomobillari vaznini ança kamaytirmoqçi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.
Yaponiyaliklar bir qator britan kompaniyalari bilan birga “kelajak avtomobillarining tagi” yasaladigan yangi material işlab çiqişmoqçi. Hamkorlar avtosport hamda aerokosmik sanoatda işlatiladigan resurs va texnologiyalarni qöllaşmoqçi. “Lightweighting Excellence” dasturi doirasida avtosanoatda inqilobiy yangi işlab çiqariş jarayoni yaratiladi.
Yangi yengilroq materialning işlatilişi avtomobillarning dinamik körsatkiçlarini yaxşilaş va maşinalarda köp sonda yordamçi qurilmalarni tatbiq qiliş imkonini beradi.
2020 yilgaça Renault-Nissan alyansi avtonom boşqaruvga ega 10 dan köproq modelni seriyali tarzda işlab çiqişni rejalaştirmoqda. Hamkorlarning ta'kidlaşiça, bu “hamyonbop narxlardagi modellar” böladi, ular AQŞ, Yevropa, Xitoy va Yaponiyada sotuvga çiqriladi.






