Qani mehrli sözlar, Qayda qandrdon közlar, Hamma oqibat izlar, Odamlar keçagimas...
Radioda taralayotgan qöşiqdagi uşbu satrlar çindan ham kişini fikrlaşga undaydi. Kimdir bugun zamon özgardi desa, yana birov esa odamlar özgarganini aytadi. Menimça, zamon öşa-öşa, faqat odamlar keçagimas. Xonanda Ozoda Nursaidovaning mazkur «Odamlar keçagimas» taronasi bugungi kunda tobora unutilib borayotgan sof tuyğularni ifoda etgan, desak mubolağa bölmas.
«Yor-yor», «Orzularim», «Sen bölmasang boşqasi», «Xolos», «Ketma» kabi qöşiqlari orqali muxlislarining qalbidan joy olib, ularning dardiga malham böla olgan xalqaro miqyosida tan olingan bastakor, xonanda Ozoda Nursaidova uzoq muddat sahnada körinmay qoldi. Sönggi paytlarda u yangiça imij, şijoat, ğayrat bilan yana ijodga qaytdi. Bularning bari muxlislarni hayratda qoldirmoqda. Qisqasi, öz qöşiğida aytganidek, salgina egilib, ammo sinmaganini isbotladi. Yana san'atga qaytdi, çindan, endi Ozoda keçagimas. U muxlislarini qançalik soğingan bölsa, muxlislarning soğinçi ham haminqadar.
Dardli va dolzarb mavzular kuyçisi, xalqaro miqyosidagi bastakor, xonanda Ozoda Nursaidova bilan suhbat uyuştirdik. U hatto «qitiq pati»ga tegadigan savollarga ham çuqur mulohaza, vazminlik bilan javob qaytardi.
— Imijingizni ança özgartiribsiz. Bu «Ozoda keçagimas»ning isbotimi?..
— (kuladi) Oldindan heç narsani gapirişni xohlamayman. Bu xatti-harakatlarim bejiz emas, albatta. Töğri, bugungi kunda nafaqat taşqi köriniş jihatidan, balki ruhan ham özgardim. Köpçilik meni san'atdan ketdi, deb öylaşdi. Aksinça, ijoddan töxtaganim yöq! Faqat katta sahnalarda biroz muddat köriniş bermadim. Qöşiqçining qalbi kuylamasa, san'atdan ketgan hisoblanarkan. Mening esa qalbim doim yangi kuylar izlanişda böldi. San'at eşigini muxlislarimning mehri töla dil kaliti orqali qayta oçdim. Şavqatsiz, toqatsiz, zolim bu yillar birin-ketin ortda qolib, xotiralarga muhrlandi. Aytganingizdek, Ozoda endi keçagimas. Ba'zi «provakator»lar şuni bilişlarini istardim. Endi menga keçagi hiylalari bugun ötmaydi.
— Ayrim san'atkorlar katta sahnalarda bölmasa-da, yiliga yangi albomini taqdim etyapti-ku. Siz nega bunday yöl tutmayapsiz?
— Şunça yil sahnada körinmaganimga sabab heç qaçon muxlislarimga sifatsiz va arzon qöşiq bermadim. Aytganingizdek, ba'zilarga öxşab yiliga yuztalab mantiqsiz, faqat böşliqqa yetaklaydigan qöşiq aytişni özimga ravo körmayman. Şunday muxlislarim borki, ular umrim davomida qayğu va xursandçilik kunlarimda şerik bölişdi. Minnat qilyapti deyişmasinu, muxlislarim, yaqinlarim haqqi hurmati uçun hayotimda köp narsadan voz keçdim. Töğri, şaxsiy hayot meniki, lekin meni körib-bilib yurganlar bor. San'atga qaytiş, sahnada böliş, olqişlar uçun menga qöyilgan yaxşi şaroitlarga uçib, hayotiy prinsiplarimdan qaytmadim. Özbekistonimni sotib keyin yana qaytib kelib, xalq bilan öynaşmadim. Aytmoqçimanki, xalqni aldamadim. Undan köra san'atdan çiqaman, ammo bunday qabixlikni qilmayman.
— Ba'zan köçada «bolalagan» miş-mişlar uydagi gap-sözlarga töğri kelmasligini hammamiz bilamiz. Raqobatçilar tomonidan tarqatilgan bundayin miş-mişlarning aksariyatini töğri deb bölmaydi. Xudoga şukrki, heç qanday öladigan, oğir kasallikka çalinmadim. Faqat oşqozonim kasal böldi. Operatsiyadan söng diyeta qildim. Nazarimda, odamni jismonan öldirgandan köra, ruhan öldiriş osonroq deganlari şu.
— Çindan ham siz haqingizda köp miş-mişlar yuradi. Har biriga e'tibor berasizmi yoki «piar», reklamaga xizmat qiladi, deb qöl siltab qöyasizmi?
— Bunday «piar»ga işim tuşmagan, tuşmasin ham. Piar ortidan kun köradigan pastkaşlikka tobim yöq. Hammasi kundek ravşan-ku, meni san'atdan çalğitiş, turli fitnalarga tortiş maqsadida qasddan uyuştirilayotgan uydirmalar. Köpiga ahamiyat bermaslikka harakat qilaman. Açinarlisi, şu gaplarni tarqatayotgan odamlarning ayrimlari bilan birga işlayapman, atrofimda yuribdi.
— Döstlar qovunga öxşaydi: bir dona yaxşisini topiş uçun yuztasini tekşiriş kerak. Tobora dolzarb bölib borayotgan döstlik tuyğusi haqida nima deya olasiz? San'atkorlar bir-biri bilan döst bölmaydi, deyişadi...
— Kişining atrofida taniş-bilişi köp, ammo dösti sanoqli böladi. Hayotiy pallaga qarab döst tutinadi, qaysidir paytda köproq, qaysidirida esa kam. Tan olib aytiş kerak, biz aksariyat san'atkorlarda soxtalik, mağrurlik kabi kamçiliklar uçrab turadi. Döstlarim bor, faqat ular san'at sohasidamas.
— Yarangizni yangilamoqçimasmizu lekin bu voqea haqida haligaça turli miş-miş yuradi. 2005 yillar Ozodaning osmonini qora bulutlar qopladi, jumladan, Xorazmdagi töy maşmaşasi. Bugun şu voqeani eslasangiz beixtiyor xayolingizdan nimalarni ötkazasiz?
— Har bir ijobiy va salbiy holat inson hayotida iz qoldirarkan. Ammo metin irodali bölişga harakat qildim, barçasiga çidadim. Ba'zi insonlarning hayoti davomida bölib ötgan hodisalar bir maktab bölib, qilgan xatolarini yana qaytarmasa kerak, degan umidda bölasan kişi... Afsus, özgarmaydigan odamni heç qanday yöl bilan ham özgartirib bölmas ekan… Mana şu Xorazm maş-maşasini uyuştirganlar haligaça şu qabix niyatini odat tusiga aylantirib olganini xalq özi bilib olayapti. Yaqinda Dilfuza Ismoilovaning oçiq-oydin qilgan tuhmatini bunga misol qilib keltirişim mumkin. Nahot, Dilfuza Ismoilovaning ustozi bilan bölgan munosabatimizni Dilfuza opa unutgan bölsa?.. Qarşi bölmasangiz, bu savolga javobni çuqurlaşmasdan, şu yerda töxtatmoqçiman.
— Ixtiyoringiz. Şayboniyxon davrida şoh bir maşşoqni huzuriga çorlab, undan biror kuy çalib berişni söragan ekan. Maşşoq qandaydir sababga köra kuyni maromiga yetkazib ijro eta olmabdi. Bu holatdan jahli çiqqan xon maşşoqni qamçi bilan savalabdi. Bu usul san'atga jiddiy qaraşga xizmat qilgan ekan. Guruç kuramksiz bölmaganidek, bugungi kunda estradamizda ham sarson bölib yurgan san'atkorlar yöq emas. Balki ularga ham şunday yöl tutiş kerakdir, nima deb öylaysiz?
— Köçma ma'noda aytadigan bölsak, qamçilaş, jazolaş kerak. Xuddi dehqon niholni qanday parvarişlab, kökartirsa, san'at ham şunday mehnat talab qiladi. San'atkorlar qatorini egallab turgan ayrim «qöşiqçi»larni, besamara ijod qilayotganlarga ham şunday yöl tutiş kerakdir, balki. Yaxşi otga bir qamçi deganlaridek, birgina fikr-mulohazadan töğri xulosa çiqaradigan, öz ustida tinmay işlab, yangiça ruh va şijoat olib kirayotgan yoşlarni rağbatlantiriş kerak, albatta.
— Yuqorida yoş ijodkorlar haqida gapirildi. Ayrim yoşlar hatto borligidan keçib, san'atkor bölişni orzu qilişadi. Aksariyatining esa iqtidori yöq. Siz bu holatga qanday izoh berasiz?
— Bilasizmi, ularga aytadigan gaplarim juda köp. Lekin gapni qay biridan boşlaşni bilmayman. Çunki köp gapirilgan, ammo e'tibor berilmagan. Menimça, qölidan heç narsa kelmaydigan, hamma narsadan umidini uzganlar, san'atga qadam taşlayapti. Bir savol meni qiynaydi: bunday iqtidorsizlarni köpaytirayotganlar qayerga qarayapti? Kim ularga san'atkor bölişiga ruxsat beryapti? Ularning aksariyatiga pul olmay, tekinga işlab, qöğirçoq böliş şarti qöyiladi. Sun'iy yetiştirilgan meva qançalik çiroyli körinmasin, ta'mi baribir tabiiy mevanikiga yetmasligi kabi adaşib qolgan «qöşiqçi»ning samarasiz ijodidan xalq özi bilib oladi.
— Sizga ham şunday murojaat qilişganmi?
— Ha, juda köp. Lekin töğri maslahatimni berib, bundaylar bilan işlamasligimni aytganman. Şuning uçun «UzSTAR» loyihasiga qöl urdim. Mazkur loyiha ana şunday yoşlar, çinakam iste'dodlarni topiş ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil qilindi.
— Bugun estradamizda tarjimon, öğri xonandalar köpaydi. Birovning qöşiğini öziniki qilib olganlar haqida fikringiz bormi?
— (kuladi) Plagiatçilarni bekorga savol qilib bermayapsiz, şekilli. Bir dona plagiat qöşiq aytganman, tan olaman. Lekin töğridan-töğri köçirmaganman, ança özgartirganman. Özini juda aqlli hisoblab, öğirlagan qöşiğini mendan boşqa heç kim bilmaydi, xalqimizga yetib kelmaydi, deb öylaydiganlar ham yöq emas. Oxirgi paytlarda ba'zi san'atkorlarimiz meni qöşiqlarimni çet ellik qöşiqçilar öğirlab aytişdi, deb maqtanişdi. Aslida ikkovining özagi bir, ya'ni ikkalasi ham bir joydan öğirlangan. Xalqni aldaş özini aldaş bilan barobar-ku! Şu bois, plagiatçilarga qarşiman. Mendan xafa bölişmasinu, deyarli 90 foiz hamkasblarim özi asar yaratmayapti.
— Nega?
— Ijod, mehnat qiliş yöq. Hatto özimning asarlarimni xalqqa çiqquniça öğirlaşdi-ku. Şu qatorda, bugungi kunda bizda ğoya öğrilari ham çiqqan. Ğoyangizni bilib olib, boşqaga pullavoradi. San'at ilohiy tuyğu, unga qalb beriş kerak. Ayrim ijodkorlar qalb beriş u yoqda tursin, hatto janrlarni ham bilişmaydi. Bu juda açinarli hol...
— Ayol xonandaning fojiasi nimayu saodati nima?
— (uzoq öylanib) Şaxsan menga bu mavzuda gapiriş juda oğir. Ayol xonanda doim xalqning köz önggida böladi, ya'ni konsert, töy-tadbirlarda yuradi. Hamma onalardek farzandiga yetarliça vaqt ajrata olmaydi. Turmuşida ozgina ziddiyatlar yuzaga kelişi mumkin. Balki bu sinovlarni yengganlar bordir, biroq kam, deb öylayman. Ayol xonanda turmuş, baxt-saodatni körişi qiyinroq, oddiy ayoldek baxt körolmaydi. U metin irodali bölişi kerak. Fojyeasi şunda deb öylayman. Saodati esa qöşiqlari orqali ayollarning keçinmalarini, tuğyonlarni kuyga solib, dardiga malham böla olişi, menimça.
— Odamni ikki narsa buzadi: boylik hirsi va köp gapiriş. Siz ham şular tufayli pand yeganmisiz?
— Töğrisini aytsam, pand yeganman. Boylik hirsi deyolmaymanu, lekin topgan-tutganim bilan maqtanganman. Niyatilarimni bilib-bilmay köpçilikka aytib pand yeganman. Ba'zan tilim haqiqatan ham özimga qarşi işlagan. Ortiqça gapirganman, tan olaman.
— Bugungi kunda kimlar bilan hamkorlikda işlayapsiz?
— Köproq özim musiqani bastalayman. Asosan şoira Risliğoy Xotamova bilan hamkorlikda işlayman. Hozirda yaxşi şoirlarni ham izlayapman.
— Ommaviy axborot vositalaridan-çi?
— Heç qaysi sayt, gazeta, bloggerlar bilan hali tölaqonli hamkorlik qilişga ulgurmadim. Yaqinda özimning www.ozoda.com saytim işga tuşdi. Muxlislarim öşa yerda ijodim borasidagi xabarlarni öqib, yangi qöşiqlarimni ham tinglaşi mumkin.
— Avtobiografiyangizdan olingan qöşiqlaringiz bormi?
— Ijodkor faqat öz dardini doston qilavermasdan, el dardini ham his qilib, kuyga solişi kerak. Bu uning vazifasi hisoblanadi. Men ham xalqqa qanday qöşiq kerak, şuni örgaman. Metroda, tramvayda, bozorda yurib, odamlarning gapini, dardini eşitaman. Öşa yerdan mavzu topaman. Bu esa haqiqiy ijodkorga ilhom beradi. «Xolos», «Yor-yor», «Omonat» qöşiqlarimning ayrim sözlari öz hayotimdan olingan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi