Özbekistonda xizmat körsatgan artist Sardor Rahimxon “Darakçi” naşriga bergan intervyusida ba'zan yuragini böşatib oliş uçun yiğlab turişini tan oldi.

“Bilasizmi, köz yoşidek samimiy, beğubor narsa bölmasa kerak, - dedi u. – Vijdon azobidan qiynalganda, könglingizni böşatişni istaganingizda beminnat yordamçi. Şu sababdan sira yiğlaşdan uyaliş kerak emas. Yolğiz qolib, yuragimni böşatadigan damlar bölib turadi”.

“Şu damda otam yodimga tuşib ketdi, - sözida davom etdi san'atkor. – Öğil uçun ota eng yaqin inson. U kişini yöqotgaç, otamning qançalik menga kerakligini his qildim. Otamni soğinganimda u kişining kelpagini qölimga olib, xayollar ummoniga şönğigança uni töyib-töyib hidlayman”.