Rossiya Oleşkida öt oçişni töxtatiş rejimini uzaytirişdan boş tortdi. Xerson oblastidagi uşbu şahar Rossiya tomonidan 2022-yil bahoridayoq işğol etilgan, sönggi vaqtlarda esa u yerda gumanitar falokat yuzaga kelgandi. Rossiya va Ukraina şahar aholisini xavfsiz evakuatsiya qiliş uçun vaqtinça sulhga kelişdi, lekin 1-noyabr kuni uşbu kelişuv muddati tugadi. Ukrainalik mulozim AFP agentligiga aytişiça, Ukraina TIV sulhni uzaytirişni taklif qilgan, «ammo rossiyaliklar bunga könmagan».
Oleşkidan evakuatsiya Rossiya va Ukraina razvedka xizmatlari tomonidan tayyorlangan, ammo bu Melaniya Tramp vositaçiligi natijasi sifatida taqdim etildi. Le Monde naşrining Ukrainadagi manbasi qayd etişiça, AQŞ birinçi xonimining rolini «ehtiyotkorlik bilan» qabul qiliş kerak, çunki «Vaşington aynan qanday rol öynagani aniq emas».
Rossiya qöşini Oleşkidagi gumanitar pauzadan öz pozitsiyalarini «tartibga keltiriş» uçun foydalandi, demoqda Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi. Sky News jurnalisti ham şunday xulosaga kelgan. U Ukraina dronlari orqali olingan kadrlarni körib çiqqan va rossiyalik harbiylar hali sulh muddati tugamasidan Oleşki hamda qöşni qişloqlarga oğir texnikalari, qurollar, öq-dorilar va şaxsiy tarkibni olib kirganiga, şuningdek, uyma-uy yurib, yangi pozitsiyalar uçun joy qidirganiga işonç hosil qilgan. Kremldagilar esa Kiev bu sulhdan «kuçlarini jamlaş uçun foydalangani»ni aytmoqda. «Bu şunday vaziyatlar uçun mutlaqo odatiy amaliyot», – degan RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
AQŞ Moskvaga Rossiya gazini Yevropaga sotiş sxemasini taklif qildi. Uşbu ğoyani ilgari surgan amerikalik muzokaraçilar fikriça, bunday taklif Vladimir Putinni Ukrainada «energetika» sulhiga köndiriş uçun kuçli rağbat bölişi mumkin. Oq uy Rossiyaga gaz sotişdan tuşgan mablağni uçinçi davlat yurisdiksiyasidagi hisob raqamiga ötkazişni taklif qilmoqda – Kreml bu pullarni uruşni moliyalaştirişga işlata olmasligi uçun. Biroq Yevropadagilar bu ğoyani qatʼiyan rad etişadi.
Rossiya va Ukrainada ogohlantiriş yuboriş ilovalari buzib kirildi. Rossiya holatida gap FVVning mobil ilovasi, Ukraina holatida – «Havo trevogasi» ilovasi haqida bormoqda. Bu ilovalar amalda bir vaqtda kiberhujumga uçragan – 2-noyabrga ötar keçasi rossiyaliklarga mamlakatning «barça regionlari böylab» «yadroviy kallaklar» uçirilgani haqida ogohlantiriş kelgan, Ukraina aholisi esa telefonida rus tilida şunday xabar olgan: «Salom! Butun Ukraina böylab yadroviy trevoga böladi! Xavotirlanmang, Oreşnik uçib bormoqda!»













