«Imarat Development» quriliş loyihasi egasi Marat Hamdamov protsessual tartibda uşlandi
«Imarat Development» quriliş loyihasi egasi Marat Hamdamov Toşkent şahar IIBB tomonidan olib borilayotgan jinoyat işida gumon qilinuvçi tariqasida jalb etildi va JPK 227-moddasi tartibida uşlandi.
Bu voqea kompaniya loyihalaridagi xonadonlar mijozlarga vaʼda qilingan (şartnomada körsatilgan) muddatda topşirilmagani ortidan muammolar yuzaga kelişi fonida bölmoqda.
1-noyabr kuni Toşkent şahar IIBB tergov boşqarmasi ofisi Sergeli tumanidagi Buyuk avlod şohköçasida joylaşgan «Imarat Development» masʼuliyati çeklangan jamiyat rahbariyatiga nisbatan JK 168-moddasi (Firibgarlik) va 192-11-moddasi (Mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiisteʼmol qiliş) bilan jinoyat işi qözğatgandi.
Yöllarda mobil radar haqida oldindan ogohlantiriş talabi bekor qilindi
Yölda radar haqida ogohlantiruvçi belgini örnatiş haqidagi Vazirlar Mahkamasi qarori özgartirildi.
Avvalgi tartibga köra, 2025-yil 1-sentabrdan tezlikni nazorat qiluvçi har qanday turdagi statsionar va mobil radar joylaşgan hududda hamda ulargaça 250–500 metr masofada «Radar» yöl belgisini örnatiş majburiy edi.
Yangi qarorda uşbu band qayta bayon qilinib, undagi «har qanday turdagi statsionar va mobil radar» ifodasi örniga «statsionar radar» deb belgilandi. Natijada mobil radar mazkur majburiy talab qamrovidan çiqarildi.
Şuningdek, Yöl harakati qoidalaridagi 5.43 - «Radar» belgisiga oid bandga ham özgartiriş kiritildi. Unga köra, belgi faqat statsionar radar yordamida nazorat qilinayotgan joylargaça 250–500 metr masofada örnatiladi.
Çet elga işga yuboriş tizimi töliq xususiy sektorga ötkaziladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş masalasi eng işonçli xususiy bandlik agentliklariga töliq ötkazilişini maʼlum qildi.
Yangi tizimda xorijda yuqori daromadli işga joylaştirilgan har bir fuqaro uçun agentlikka 1,5 mln söm rağbat puli tölanadi. Yoşlarni kasb va tilga tayyorlaş uçun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi.
Şuningdek, çet eldan jalb qilingan öqituvçi va ekspertlar uçun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, öquv jarayoni uçun zarur uskuna va jihozlar esa bojxona bojidan ozod qilinadi.
Özbekistonda tuğilişlar soni 26 mingtaga kamaydi
2026-yil yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda 638628 ta tirik tuğiliş holati qayd etildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 26 mingtaga kam.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, eng köp tuğiliş Samarqand viloyatida qayd etilgan - töqqiz oyda hududda 77 537 nafar çaqaloq dunyoga kelgan.
Keyingi örinlarni Qaşqadaryo va Farğona viloyatlari egallagan. Ularda mos ravişda 72508 va 71437 ta tuğiliş qayd etilgan. Eng kam körsatkiç esa Sirdaryo viloyatiga töğri kelgan - 15377 ta.
Ğuzorda ayol va uning 4 bolasini yoqib yuborgan erkak umrbod qamaldi
Qaşqadaryo viloyatida ayol va uning bolalarini yoqib yuborgan erkak jinoiy jazoga tortildi.
Maʼlum qilinişiça, holat 2026-yil 15-may kuni keçasi sodir bölgan. Sudlanuvçi S.T. jabrlanuvçining Ğuzor tumanidagi xonadoniga borib, u bilan janjallaşgan. Söngra ayol va uning tört nafar voyaga yetmagan farzandini ustiga benzin sepgan holda tiriklayin yoqib yuborgan. Ayol va uning ikki nafar farzandi hayoti saqlab qolindi. Ammo kuyişdan olgan tan jarohatlari oqibatida 6 yoşli öğil va 11 yoşli qiz vafot etdi.
JIB Qamaşi tuman sudi hukmi bilan S.T. umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilindi.











