Angliya kubogining 1/16 final uçraşuvida "Çelsi" Angliyaning mavqei böyiça 2-ligasida iştirok etuvçi "Milton-Kins Dons"ni yirik hisobda mağlub etib, musobaqaning nimçorak finaliga yöl oldi.
"Çelsi" Oskarning goli evaziga 15-daqiqada hisobni oçdi. 6 daqiqa ötib Darren Potter hisobni tenglaştirdi. Biroq keyin faqatgina Gus Xiddink şogirdlarigina gollar kiritdilar. Oskar 32 va 44-daqiqalarda ham raqib darvozasini işğol qilib, tanaffusgaçayoq öz hisobiga xet-trik yozib qöydi.
55-daqiqada Eden Azar penaltini bexato amalga oşirdi, 62-daqiqada Bertran Traore "Çelsi"ning 5-töpini kiritib, öyindagi hisobga nuqta qöydi.
Uçraşuvning qiziqarli jihati, "Çelsi" hujumçisi Eden Azar 32 öyindan beri ilk golini kiritdi. Belgiyalik futbolçi oxirgi marta 2015 yilning 3 mayida " Kristal Pelas" darvozasiga gol urgan edi.
Angliya kubogi. 1/16 final
Milton-Kins Dons – Çelsi – 1:5
Gollar: Oskar, 15 (0:1); Potter, 21 (1:1); Oskar, 32 (1:2); Oskar, 44 (1:3); Azar, 55 (1:4, pen); Traore, 62 (1:5).






