Aktyor Uluğbek Qodirov Sputnik agentligiga bergan intervyusida sahnada Hamlet obrazini gavdalantirişni istaşini tan oldi.
“Hozir men Hamletni öynab ulgurişni istardim, - dedi u. – Mening uçun daniyalik şahzoda tarixi uning dramasi nuqtai nazaridan juda qiziq. Buni his qilişni, uning rolini öynaşni istayman. Bilasizmi, Mannon Uyğur nomli Özbekiston davlat san'at institutiga kirişimda Romeo rolini ijro qilganman. Ammo mening ijroimdagi Romeo basli ohangda gapirardi. Mening körinişim hakamlarni sarosimaga solib qöygan bölsa ajabmas. Çiniqqan, jangovar körinişdagi bola Romoye qiyofasida. Monolog tanlaşda yordam bergan Gavhar ismli qizga minnatdorçilik bildiraman. Bu imtihon payti menga faqat u e'tibor bergandi”.
“Hozir men jismonan va ruhan Hamletga tayyorman, - sözida davom etdi Qodirov. – Ortimda kattakon tajriba bor ekan, teatr sahnasida iz qoldirmaslikni katta minus deb hisoblayman. Men u yerga qaytişni orzu qilaman”.






