"Tolibon" jangarisi Buyuk Britaniya qurolli kuçlarini sudga berdi. Bu haqda The Times naşri xabar bergan.

"Tolibon" qömondonlaridan biri, bir qator teraktlar taşkilotçisi sifatida gumon qilinuvçi Serdar Muhammadning murojaatida aytilişiça, uni britaniyalik harbiylar Afğonistonda 106 kun davomida noqonuniy tarzda hibsda tutib turişgan.

Xalqaro huquq normalariga köra, xalqaro huquq tartibot organlari terroristik hujumlarda iştirok etgani gumon qilinuvçilarni uzoği bilan 96 soat içida tergov qilişi kerak böladi.

"Bu degani jangarini bir neça soat ortiqroq tutib turiş mumkinmas, degani. Bu esa juda kulgili", deya vaziyatga baho beradi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi vakili Penni Mordaunt.

Qayd etilişiça, Serdar Muhammad kabi boşqa jangarilar ham qonundagi bu kamçilikdan foydalanişga urinişlari mumkin.

Bundan oldinroq, "Tolibon" jangarilari öz nomini BMTning Xavfsizlik kengaşi tomonidan tuzilgan terrorçilik taşkilotlari röyxatidan öçirilişini talab qilgandi.