Apple brendi yana bir bor dunyoning eng qimmatbaho brendi maqomini özida saqlab qoldi. Bu brend Brand Finance Global 500 röyxatida yetakçilik qilgan.
RNS sayti xabariga köra, 2016 yil arafasida Apple brendi bahosi 13,7 foizga qimmatlaşib, 145,9 mlrd dollarni taşkil qilgan. Ötgan yilda brend bahosi 128,3 mlrd dollar bölgandi. Bu ösişga iPhone 6 va iPhone 6s mahsulotlarining muvaffaqiyat qozonişi sabab bölgan. Apple kompaniyasining birinçi moliyaviy çorakdagi (2015 yilning 26 dekabrida yakunlangan) daromadi 18,4 milliard dollarni taşkil etgan.
Ikkinçi örinni Google egalladi — brend qiymati 22,8 foizga ösdi va 94,1 mlrd dollarni taşkil etdi.
Uçinçi örinda Samsung joylaşgan. Bu brendning bahosi atigi 1,8 foiz ösişga erişib, 69,6 mlrd dollar bölgan.
500talik röyxatda IT-kompaniyalar hamda internetga aloqasi bölmagan Burberry, Gucci, Ralph Lauren, Audi, Land Rover, Dove, IKEA va Nestle kabi brendlarni ham köriş mumkin.






