«Arsenal» özining fransiyalik himoyaçisi Mate Debyuşining Fransiyadagi «Bordo» jamoasiga ijara asosida berilgani haqida ma'lum qildi.

30 yoşli bu futbolçi Fransiyada mavsum yakuniga qadar töp suradi.

Bundan oldinroq, futbolçi doimiy öyin amaliyotiga ega böliş va 2016 yilgi Yevropa çempionatida terma jamoaga çaqiruv oliş uçun özini boşqa jamoaga berişlarini sörayotgani xabar qilingandi.

Ma'lumot uçun, Debyuşi 2014 yilning yozida "Nyukasl"dan "kanonirlar" safiga kelib qöşilgandi. U kelganidan beri londonliklar safida 12ta öyin ötkazdi. Joriy mavsumda u jarohatlaridan foriğ böla olmagani uçun asosiy tarkibdagi örinni Ektor Beleringa topşirib qöydi.

Debyuşi: Men qişki transferlar vaqtida "Arsenal"dan ketişim kerak