Germaniyaning Mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri Andrea Nalesning sözlariga köra, qoçoqlarga mamlakatdagi ijtimoiy hayotga moslaşişlari va jamiyatga töliq kirişib ketgunlariga qadar davlat tomonidan ma'lum miqdorda moddiy yordam beriladi. Ular Germaniyalik barça fuqarolar kabi mamlakat qonun-qoidalarini örganib borişlari zarur. Şuningdek, migrantlar imkoniyatga qarab davlat tilini özlaştirişlari va şundan söng, işga joylaşişlari maqsadga muvofiq.
Amaldorning fikriça, mamlakatdagi migrantlar ikki yillik integratsion öquv kurslari yakunlangaç, özlariga munosib iş qidirişlari mumkin böladi.






