“Olmaliq KMK” AJning eng yoş korxonalaridan biri hisoblanuvçi Şaxtaquriliş boşqarmasi jamoasi 2015 yilni yuksak mehnat körsatkiçlari bilan yakunladi.

Kombinat Axborot xizmatining xabar qilişiça, şaxta quruvçilar rangli va qora metallarni qazib oliş böyiça yer osti kon obektlarini quriş bilan boğliq investitsion loyihalarni amalga oşiriş bilan bir qatorda, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining xom aşyo bazasini oşira bordi va bir qator ştolnyalarda belgilangan işlarni yakuniga yetkazib, yangi konlarni Angren kon boşqarmasi konçilariga foydalaniş uçun topşirişga muvaffaq bölişdi.

Yanvar oyining ikkinçi ön kunligidan esa kombinat şaxtaquruvçilari II Çamauk uçastkasidagi 17-ştolnyada toğ-kon ötiş işlariga kirişişdi. Mazkur uçastkada amalga oşirilişi közda tutilgan işlar xususida Şaxtaquriliş boşqarmasi boş muhandisining toğ-kon işlari böyiça örinbosari Kamoliddinxon Marahimov quyidagi ma'lumotlarni beradi:– 17-ştolnyada boşlab yuborilgan toğ-kon ötiş işlari geologiya-qidiruv işlari doirasida olib borilgan vazifalar sirasiga kiradi.

Boşqarmamiz quruvçilari tomonidan amalga oşiriladigan işlar katta tayyorgarlik va puxta işlab çiqilgan loyihalar asosida bajariladigan vazifalar hisoblanadi. Rangli metallar geologiyasi ilmiy işlab çiqariş markazining Şarqiy Qurama geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi tomonidan taqdim etilgan buyurtma asosida boşqarmamiz pudratçi taşkilot sifatida 17-ştolnyada işlarga kirişdi. Dastlab II Çamauk uçastkasigaça bölgan 3 km.dan ziyod yöl 2-avtobaza bilan hamkorlikda oçildi. Zarur mexanizatsiya vositalari faoliyatini ta'minlaş uçun elektr liniyasi va suv uzatiş tizimlari işga tuşirildi. Kompressor uskunasi, quriliş materiallari uçun keng maydon tayyorlandi. Yer osti konçilik işlarida boy işlab çiqariş tajribasiga ega bölgan Zokirjon Domlajonov rahbarligi ostida boşlab yuborilgan işlar boşidanoq yuqori sur'atlarda olib borilayotganini alohida ta'kidlaş lozim.

Yanvar oyi iş rejasiga köra bu yerda 10 pg/m.ga teng toğ-kon ötiş vazifasi belgilangan bölsa, ayni kunga kelib şaxtaquruvçilar 20 pg/m. uzunlikda ötiş işlarini bajarib bölişdi. Işlarning bu sur'atda borişi I çorak uçun belgilangan 90 pg/m.ga teng marra şaksiz uddalanişidan dalolat bermoqda. Qisqa vaqt içida toğ-kapital va toğ-kon ötiş işlarini olib borişni mukammal özlaştirib olgan işçi-xodimlarimiz bilan bugun faxrlana olamiz. Abduvali Buzrukov, Faridun Obidov, Abror Sultanov va Jahongir Saidmuratov kabi lahm ötuvçilar öz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelişmoqda. Toğ-kon ötiş işlarida asosiy mexanizatsiya vositamiz hisoblanuvçi perferator uskunasining siqilgan havo bilan ta'minlanişini kompressor maşinisti Nuriddin Norqöziyev a'lo darajada yölga qöygan.