Özbek tilida hayotdagi turli oğir vaziyatdarni izohlovçi «peşona» degan tuşunça mavjud. Muzaffar Abdullayev yurak xastaligi bilan olamga keldi va uning onasi Munira uç yarim yil davomida çekkan azoblarini gapirib berarkan, «peşona ekanda», deb yakunlaydi. Şifokorlar boşqaça izoh beradilar - genetika, yaqin qarindoşlar orasidagi nikohlar, yomonlaşib borayotgan ekologiya, oğir keçgan homiladorlik, heç kim e'tibor bermaydigan toksikoz, çunki u «hammada böladi, özi ötib ketadi».
Homilaning yuragi uning rivojlanişining birinçi 4-6 haftalarida şakllanadi va şu davr mobaynida barça salbiy ta'sirlarni bartaraf etiş öta muhim. Homilador ayol uçun oddiy tuyulgan qizilça, parotit, gripp kasalliklari xavf tuğdiradi, ayniqsa bu kasalliklarga homiladorlikni boşlanğiç pallasida uçragan bölsa. Turli muammolarga duçor bölmaslik uçun barça infeksiyalarni barvaqt davolaş darkor. Endokrin kasalliklari, ayniqsa ular ortiqça vazn, qandli diabetga sabab bölsa, bolaning yurak xastaligi bilan tuğiliş xavfini oşiradi.
Çaqaloqda murakkab yurak xastaligi - tetrada Fallo borligini Muniraga tuğruqxonada aytişgan. Qonsizgina burun, lablar, barmoqçalar uşbu diagnozga xos alomatlar. Bularga qöşimça tez-tez şamollaşlar, holsizlaniş, iştaha yöqligi. Onasi Muniraning aytişiça, bolasi kamdan-kam bir narsa sörar edi, «umuman yaşaşni istamas edi».
Muzaffar beş oyligida reanimatsiyaga tuşib qoldi. Şifokorlar uni hayotga qaytardilar, lekin mumkin qadar tezroq yuragini jarrohlik yöli bilan davolaşni tavsiya qildilar. Mumkin qadar tezroq operatsiya ötkazişga heç imkon bölmadi. Bolalar uçun operatsiya bepul, lekin barça kerakli dori-darmon va materiallarni oilaning özi ta'minlaş kerakligini şifokorlar tuşuntirgan edilar. Beş million sömni jamlaşga oilada heç ham imkon bölmadi. Bolaning otasi sinovga çidamadi – uydan boş olib oiladan çiqib ketdi, bolani boqişda umuman iştirok etmay qöydi, bir söz bilan aytganda - unut qildi. Muniraning yagona mablaği - bolasi uçun oladigan nafaqasi - 250 ming söm, boşqa daromadi yöq.
Aksariyat holda tuğma yurak xastaligi operatsiya qilişni talab etadi va köpçilik holatlarda bola umrining birinçi yilidayoq. Şunday taşxis qöyilgan bolalarning 35 foizi umrining birinçi yarim yilida nobud böladi, ikkinçi yarim yillikda esa taxminan yana şunçasining joni uziladi.
Bolalar rivojlanişining barça anomaliyalari orasida tuğma yurak xastaligi uçdan bir qismni taşkil etadi. Şu sababli, bolalarning ölimi darajasi ham yuqori - har ön ming tuğilgan boladan 15 nafari nobud böladi.
Munira opreatsiyani uzoqdan-uzoq tuyulgan, iztirobli uç yil kutdi. Şu davr davomida bolasi 12 marotaba şifoxonaga yotqizildi. «Men öğilçamning yurakçasi urayaptimi, yöqmi deb xavotirda uyğonib, quloğimni kökragiga qöyib, eşitmagan keça bölmasa kerak», - deydi ayol. U hozir ham quloğini tez-tez kiçkintoyning kökragidagi yangi boğlov turgan joyga qöyadi - bolajoniga bir neça kun ilgari uzoq vaqt kutilgan operatsiyani ötkazişdi.






