Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida bölib ötadigan 2016 yilgi yozgi Olimpiada öyinlarida qoçoqlar jamoasi ham iştirok etişi mumkin. Xalqaro Olimpiya qömitasining şu haqidagi rezolyutsiyasini BMTga a'zo 193 mamlakatdan 180 tasi qöllab-quvvatlagan.
“Olimpiada—bu bağrikenglik, birdamlik va tinçlik degani. XOQ yuqori sa'viyali qoçoq-sportçilarni ham Olimpiada öyinlariga taklif qilişga qaror qildi. Biz ularni qöllab-quvvatlaş va qalblariga umid baxş etiş orqali butun dunyo e'tiborini 60 millionlik qoçoqlar taqdiri va muammolariga qaratmoqçimiz”, deya mazkur qarorni izohladi XOQ rahbari Tomas Bax.
Eslatib ötamiz, Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya öyinlari şu yilning 5 avgustidan 21 avgustiga qadar bölib ötadi.






