1 fevral kuni Angliya ligasi kubogi doirasida "MK Dons"ga qarşi keçgan uçraşuvdan keyin (5:1) "Çelsi"ning uzoq yillik sardori Jon Terri mavsum yakunida jamoadan ketişi haqida e'lon qildi.
Keyinroq jamoa matbuot xizmati bu futbolçi bilan uning qolişi böyiça muzokaralar ötkazilişi haqida ma'lum qilgan bölsada, Terri londonliklar safini tark etişi haqiqatga yaqin. Qolaversa, bugun unga Xitoydagi jamoalar yiliga 20 mln yevro maoş tayinlagan holda uni öz safiga jalb qilişga tayyorligi haqida ma'lum qilişdi. Şu tariqa, agar vaziyat özgarmaydigan bölsa, uşbu mavsum 35 yoşli futbolçi uçun "Çelsi"dagi sönggisi bölib qoladi.
Quyida futbolçining "Çelsi"dagi faoliyatiga nazar taşlab ötilgan.
1998 yil. 17 yoşli Terri "Çelsi" örinbosarlari safida öynay boşladi

2000 yil. U jamoaning asosiy tarkibida

2004 yil. "Çelsi"ga Mourino keladi va quradigan yangi jamoasiga Terrini sardor etib tayinlaydi

2005 yil. Terri faoliyatidagi ilk çempionlikdan sarmast

2005 yil. Bu suratdagi yigitlarning uçalasi ham Angliyaning yil öyinçisi böliş uçun nomzod böladi. Yakunda esa Terri yutib çiqadi

2006 yil. «Reding»ga qarşi öyinda Çex boşidan oğir jarohat oladi va maydonga ikkinçi darvozabon Karlo Kudiçini tuşiriladi. Lekin u ham maydondan çiqib ketadi. Şunda darvozaga Jon Terri turadi

2008 yil. Moskva finali. Penaltilar seriyasida Terrining xatosidan keyin "MYu" sovringa ega çiqadi















