Fransiyaning  Renault avtokonserni 2017-2022 yillar uçun möljallangan strategik rejasida Xitoyga markaziy örin ajratmoqçi, deb xabar bermoqda Renault-Nissan alyansi rahbari Karlos Gonga iqtibos keltirgan holda Economic Times naşri.

"Renault Xitoyga tobe emas, Xitoy biz uçun bir imkoniyat. U keyingi strategik rejamizda markaziy örinni egallaydi", deb aytdi Gon 1 fevralda Xitoyning Uxan şahrida kompaniyaning birinçi yiğuv zavodi oçilişi marosimida.

Gon Renault Xitoyda yengil avtomobillar işlab çiqarişga litsenziyaga ega ekanligini, ayni vaqtda yöltanlamaslar işlab çiqariş imkoniyatini körib çiqayotganini ta'kidlab ötdi.

Renault’ning Xitoyning Dongfeng Motor Group bilan birgalikda yaratgan qöşma korxonasi rahbari Jak Danielning ma'lumotlariga köra, 870 mln yevrolik zavodning işlab çiqariş quvvati yiliga 150 ming avtomobilni taşkil qiladi va bu hajm 2-3 barobarga oşirilişi mumkin.