Britaniyalik qöşiqçi Adel öz qöşiqlarini AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod, milliarder Donald Trampga prezidentlik kampaniyasida işlatişiga ruxsat bermadi, deb xabar bermoqda The Independent naşri.

Naşrning ma'lum qilişiça, Adelning Rolling In The Deep xit aşulasi Trampning saylovoldi tadbirlarida paydo bölişidan oldin muntazam yangragan. Tramp, şuningdek, Adelning Skyfall aşulasidan ham foydalangan.

Tramp Adelning muxlisi hisoblanadi, 2015 yilda uning Nyu-Yorkdagi konsertiga taşrif buyurgan. Qöşiqçining muxlislari uning qöşiqlari Tramp tomonidan işlatilayotganidan norozilik bildirişgan.

Adelning matbuot kotibi qöşiqçi heç qanday siyosiy tadbirlarda öz qöşiqlaridan foydalanişga ruxsat bermaganini ma'lum qildi.

Bu holat birinçisi emas: Aerosmith guruhi yetakçisi Stiven Tayler ham Trampga özining Dream On qöşiğini, REM guruhi xonandasi Maykl Strayp esa Tramp va senator Ted Kruzga It's the End of the World as We Know It (And I Feel Fine) qöşiğini işlatişni taqiqlagan.

1984 yilda xonanda Bryus Springstin özining Born in the USA qöşiğini Ronald Reygan tomonidan işlatilişiga qarşi bölgan.