AQŞ hukumati davlat qarzi 19 trillion dollardan oşganini rasman tasdiqladi. Bu haqda The Washington Times naşri Moliya vazirligi ma'lumotiga tayanib xabar qildi. Naşrning qayd etişiça, AQŞ prezidenti ma'muriyati 19 trillionlik çegarani ötgan haftada qayd etgan.
13,7 trln dollar atrofidagi davlat qarzlari xususiy investorlar hamda Amerika va xorijdagi investkompaniyalarga tegişli. Qolgan qismi esa içki qarzlarga tegişli. Gazeta ma'lumotiga köra, Barak Obama hokimiyat tepasiga kelganida AQŞ davlat qarzlari ikki barobar kamroq — $10,6 trln dollar edi.
Respublikaçilar Obama ma'muriyatini mablağlarni talon-taroj qiliş va samarasiz foydalanişda ayblagan bölsa, ma'muriyat ayblovlarni inkor etib, mamlakatda Obamaga qadar boşlangan inqirozga qarşi kuraş olib borilayotganini ta'kidlab ötişgan.






