BMT oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti ekspertlari Özbekistonning viloyatlarida bölib, mahalliy buğdoy navlarini közdan keçirişdi. Bu haqda taşkilotning Toşkentdagi vakolatxonasi ma'lumot tarqatdi.
Tadbirda iştirok etgan ekspertlarning fikriça, mahalliy navlar kelajakdagi navlarning genetik xilma-xilligini şakllantirişda qöllanilişi mumkin.
Taşrif yakunlariga köra tayyorlangan material içida buğdoyning barça navlari xususida batafsil ma'lumotni öz içiga olgan bölib, undan xalqaro işlanmalarda foydalanilişi ta'kidlanmoqda.
1991 yili mamlakatda yiliga 940 ming tonna don yetiştirilayotgan edi, 1 ga yerning hosildorligi 17 sentnerni taşkil qilardi. 90-yillar boşida mamlakatga un va boşqa mahsulotlar olib kirişga har yili 900 mln dollar sarflanardi.
2015 yil yakunlariga köra esa Özbekistonda 7.5 mln tonna don yiğib olindi. Bu 2014 yil hosilidan 600 ming tonnaga kamroqdir. 1 ga yerning hosildorligi örtaça 55 sentnerni, ayrim hududlarda 60-77 sentnerni taşkil qilmoqda.






