Dehlida oçilgan Auto Expo avtosalonida General Motors konserni Chevrolet Spark xetçbeki asosida işlangan Chevrolet Essentia sedanini taqdim etişdi.

Köpgina avtomobilsozlar Hindiston bozori uçun öziga xos modellar işlab çiqarişadi. Chevrolet Essentia ham şu turdagi maşinalardan biri bölişi aytilmoqda. Muqaddam Volkswagen konserni Ameo sedanini Hindiston bozoriga olib kirgan edi. Ammo, Volkswagen’dan farqli ravişda, Chevrolet yangi modelni Hindistondan boşqa bozorlarga ham olib kirişi mumkin.

Sedan Hindistonda Chevrolet Beat nomi ostida sotiladigan beş eşikli Spark xetçbeki asosiga qurilgan.Uning old qismi biroz özgargan, kuzov örta ustundan boşlab butunlay qayta işlangan. Uning texnik tavsifi hozirça oşkor qilinmayapti, uning uzunligi 4 m dan oşmasligi ma'lum, xolos.

Avtomobil keyingi yildan konveyerga qöyiladi. Sedan xetçbek bilan bitta konveyerda çiqarilişini inobatga olgan holda ekspertlar u Beat’dan 1 l hajmli 3 silindrli dizelli dvigatelni hamda 5 diapazonli mexanik tranmissiyani olişini taxmin qilmoqda. Boşqa bozorlar uçun modelning benzinli modifikatsiyasi ham çiqarilişi mumkin, u holda kapot ostida 1.2 l li 87 ot kuçiga ega motor bölişi kutilmoqda.
Sedan ikkita xavfsizlik yostiğiga va MyLink2 multimedia tizimiga ega böladi. Uning Hindistondan taşqari yana qanday bozorlarga çiqarilişi noma'lumligiça qolmoqda.

Eslatib ötamiz, mart oyidan e'tiboran Rossida Chevrolet Spark’ning qayta işlangan versiyasi – Ravon R2 xetçbeki sotuvga çiqariladi. Chevrolet Essentia sedani Ravon markasi ostida Rossiyada ham sotuvga çiqarilişi ehtimoldan holi emas.