U XX asrning eng muvaffaqqiyatli şaxslaridan biri. Uning kitoblari insonlar uçun öziga xos hayot darsligiga aylanib ketgan. Inson psixologiyasini qunt bilan örgangan Karnegining eng ustun tarafi hayot haqiqatlarini oddiy va sodda qilib tuşuntirib bera olganidir. Bugungi maqolamiz orqali Deyl Karnegi şaxsi bilan yanada yaqinroq tanişib olasiz, degan umiddamiz.

Karnegi 1922 yilda muhim bir işga qöl urgan. Keyinçalik özini maşhur magnat Endryu Karnegi bilan adaştirmasliklari uçun öz familiyasini özgartiradi. Şundan beri hujjatlarda Carnagey ning örnini Carnegie egalladi.

Amerika jamiyatşunoslarining 50-yillardagi tadqiqoti qiziq xulosa beradi. Odamlar tişlarining oqligiga jiddiy e'tibor bera boşlaşgandi. Öşa davr Amerika hayotining muhim bir qismiga aylangan TABASSUM buning sababçisi edi. Amerikaliklarning tabassum qilişga bunçalik mukkasidan ketişi esa Deyl Karnegiga borib taqaladi. “U heç qança turmaydi, köp narsaga qodir emas. U hadya qilingan odam boy böladi, hadya qilgan odam esa kambağallaşib qolmaydi. Uning davomiyligi bir lahza, ammo xotiramizda abadiyga qoladi. Uni sotib oliş, sörab oliş, qarzga oliş, öğirlab oliş behuda. Çunki u çin dildan taqdim etilgandagina qadrli”. Yozuvçi TABASSUM şunday gözal ta'rif bergan. Öz asarlarida ham şunga undagan.

Deylning rafiqasi Dorotini çinakam hammaslak, desak arziydi. U ham xöjayini kabi psixoloiya masalalariga bağişlangan köplab kitoblar muallifidir. Ulardan birining nomini öqib xulosa qilavering: “Qanday qilib erkakning işda muvaffaqqiyatga erişişiga yordam beriş mumkin?”. Karnegi xonim mazkur savolga javobni topa olgani aniq!

Yozuvçi öz yurtdoşlariga şu maslahatni bergan: “Qiyin vaziyatda çöntagingizdan Linkoln portretini oling va uni tomoşa qiling!”. Gap şundaki, Avraam Linkolnning tasviri 5 dollarlik kupyurada uçraydi. Pulga tikiliş, uni sanaş insonga kuç bağişlaşi bor gap.

Deyl Karnegi uzoq kuzatişlardan söng şunday xulosaga kelgan: “Nutqda uçta narsa muhim: Kim gapiryapti, qanday gapiryapti, nimani gapiryapti. Eng hayratlanarlisi, bularning içidagi eng kam ahamiyatlisi nimaning gapirilayotganidir!”. Moddiyat köp hollarda asosiy öringa çiqişi insoniyat psixologiyasiga xos jihat. Afsuski, şunday…
Karnegidan iqtibos: “Tanqid poçtaçi kabutarga öxşaydi. Qaçondir albatta qaytib keladi!”. Kimnidir ayovsiz tanqid qilişdan oldin şu fikrni eslab qöysak, zarar qilmaydi.

Karnegi fikriça, inson boşiga tuşuvçi köplab köngilsizliklarning katta qismi “YÖQ” degan sözni öz vaqtida aytmaslik tufayli kelib çiqadi.