Microsoft korporatsiyasi sun'iy ong negizida klaviaturalar işlab çiquvçi SwiftKey kompaniyasini sotib oldi. Bu haqda sotib olingan kompaniya blogida ma'lum qilindi.

Financial Times naşri ma'lumotlariga köra, Microsoft bu kompaniyani 250 mln dollarga sotib olgan.

Londonda joylaşgan SwiftKey kompaniyasi virtual klaviaturalar va başorat qiluvçi algoritmlar yaratiş bilan şuğullanadi. Kompaniya işlanmalari butun dunyo böylab 500 mln dan ortiq iOS va Android-qurilmalarda işlatiladi.

Swiftkey jamoasi Garri Şum boşçiligida işlovçi Microsoft Research loyihasiga qöşiladi.